Rasman! "Barselona" futbolchisi Niderlandiya klubiga o‘tdi

  • 21 avgust, 2023, 12:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi o‘zining rasmiy saytida himoyachi Serjino Destaning PSV klubiga o‘tganini e’lon qildi.

Tecno

 

Amerikalik futbolchi Eyndxoven klubi safida ijara asosida o‘ynaydi. PSVda esa ijara muddati yakunlangach Destni to‘liq sotib olish imkoniyati mavjud. "Barselona" esa o‘yinchining keyingi sotuvidan foiz olish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli Dest Niderlandiyaning boshqa bir klubi - “Ayaks” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi 2020 yilning oktyabr oyida 21 million evro evaziga "Barselona"ga ko‘chib o‘tgandi. O‘tgan mavsumni Dest Italiyaning “Milan” klubida ijarada o‘tkazdi va jami 14 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Dest "Barselona"dagi faoliyati davomida barcha musobaqalarda jami 72 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!