
Rasman! "Barsa" futbolchisi "Tottenxem"ga o‘tdi
"Barselona" futbolchisi Kleman Langle "Tottenxem"ga ko‘chib o‘tdi. London klubi uni bir yilga ijaraga olganini ma’lum qildi.
Bu muddat davomida uning 80 foiz maoshi APL klubi tomonidan to‘lab beriladi. Qolgan summani kataloniyaliklar to‘laydi.
"Shporlar"da himoyachini sotib olish imkoni mavjud emas. Yangi mavsum yakunlangach, frantsuz "Barselona" ga qaytadi.
Klemanning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar amal qiladi.
Fikrlar