
Rasman! Aziz Amonov sobiq klubiga qaytdi
Birinchi davrani 14-o‘rinda yakunlagan "Buxoro" ikkinchi davra uchun tarkibini kuchaytirmoqda.
Kuni kecha "Neftchi"ni tark etgan Toma Tabatadze "Buxoro"ga o‘tgan bo‘lsa, bu safar "Bunyodkor"da o‘ynagan hujumchi Azizbek Amonov "Buxoro" a’zosiga aylandi. E’tiborlisi, u 2020 yilda ham "Buxoro" sharafini himoya qilgan.
Klub matbuot xizmati ushbu o‘yinchi bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi.
1997 yilning 30 oktyabr sanasida tavallud topgan Amonov bunga qadar "Lokomotiv", "Buxoro" "Istiqlol" (Eron), "Nasaf", "Xor Fakkan" (BAA), "Neftchi" va "Bunyodkor"da to‘p surgan.
Birinchi davrada Amonov "Bunyodkor" safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar