Rasman! "Atletiko" futbolchisi frantsuz grandi bilan shartnoma imzoladi

  • 1 iyul, 2023, 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Marsel" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali "Atletiko" yarim himoyachisi Joffre Kondogbiani sotib olganini e’lon qildi.

Tecno

Hozircha 30 yoshli frantsiyalik futbolchining marselliklar bilan shartnomasi muddatiga aniqlik kiritilmagan. Avvalroq tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2027 yilgacha imzolashi xabar qilingandi.

Transfermarkt portali xabariga ko‘ra, "Marsel" Kondogbia uchun 8 mln evro to‘laydi.

Futbolchi o‘tgan mavsumda La Ligada 20ta o‘yinda 2ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!