
Rasman! "Atletiko" Frantsiya chempionining eng yaxshi himoyachisini o‘z safiga qo‘shib oldi
Madridning "Atletiko" klubi o‘zining rasmi saytida "Lill"ning chap qanot himoyachisi Reynildu Mandava bilan shartnoma imzolagani haqida e’lon qildi.
"Matraschilar" Mozambik terma jamoasi a’zosini 3 million evroga transfer qilgan. O‘z navbatida Mandava “Arsenal” bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Reynildu "Lill" safida 2019 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 87 ta bahsda ishtirok etdi va 1 ta gol urdi.
28 yoshli futbolchining ayni damdagi transfer narxi 10 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar