
Rasman! "Arsenal" Merino transferini e’lon qildi
Rasman "Arsenal" "Real Sosedad"dan Mikel Merinoni sotib oldi. Bu haqida klub o‘z sahifasi orqali ma’lum qilmoqda.
Ushbu transfer klubga 32+5 million evroga tushdi. Futbolchi bilan esa 4 yillik shartnoma imzolandi. Shuningdek, bitimni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham bor. Mikelning yangi jamoasidagi raqami 23.
Merinoga APL begona emas. U bundan oldin "Nyukasl" klubida to‘p tepgan. 2018 yilda 12 million evro evaziga "Real Sosedad"ga ko‘chib o‘tgandi.
Fikrlar