
Rasman! Argentina Kopa Amerika mezbonligidan mahrum bo‘ldi
Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) Argentinani bu yilgi qit’a chempionatiga mezbonlik qilmasligini ma’lum qildi.
Kopa Amerika musobaqasi o‘tkaziladigan joy o‘zgaradi. Xabarda bu haqda keyinroq batafsil ma’lumot berilishi aytilgan.
Bundan avvalroq Kolumbiya mamlakati ham musobaqa mezbonligidan mahrum etilgan edi.
Ayrim nashrlar Amerika kubogi musobaqasi mezbonligi AQShga berilishi haqida yozmoqda.
Kopa Amerika joriy yilning 13 iyunidan 10 iyuliga qadar o‘tkazilishi belgilangan.
Hozir Argentinada koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat keskin tus olgan. Shu bois hukumat mamlakatdagi barcha futbol o‘yinlarini vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan.
Fikrlar