
Rasman! "Andijon" Sloveniya chempioni bilan kelishuvga erishdi
Antaliyada yig‘in o‘tkazayotgan "Andijon" klubi yana bir yangi futbolchi bilan shartnoma imzolanganligini e’lon qildi.
Jumladan, chernogoriyalik futbolchi Luka Uskokovich yangi mavsumda “Andijon” sharafini himoya qiladi.
Ushbu himoyachi 1996 yilning 10 aprel sanasida tavallud topgan. Lukaning oxirgi klubi Latviyaning “Liepaya” jamoasi hisoblanadi. U erda 11 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Butun faoliyati mobaynida esa u hozirga qadar 92 ta uchrashuvda 1 ta gol urgan va 2 ta golli pas uzatgan.
Shuningdek, Uskokovich faoliyati davomida Sloveniyaning “Zarisa Kranj” hamda “Maribor” klublarida ham to‘p surgan.
E’tiborlisi, u “Maribor” bilan uch marta – 2016\17, 2019\19 va 2021\2022 yilgi mavsumlarda Sloveniya chempionligini qo‘lga kiritgan.
"Andijon" ushbu himoyachi orqali mudofaa chizig‘ini yanada kuchaytirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, andijonliklar bundan avval chernogoriyalik boshqa bir himoyachi - Miomir Jurichkovich bilan ham shartnoma imzolashgan.
Fikrlar