
Rasman! "Andijon" futbolchisi "Lokomotiv"ga ko‘chib o‘tdi
Rasman Levan Arveladze - "Lokomotiv" futbolchisigay aylandi.
O‘tgan mavsumda "Andijon" tarkibiga kelib qo‘shilgan gruziyalik yarim himoyachi Levan Arveladze yangi mavsumda "temiryo‘lchilar" sharafini himoya qiladi.
Eslatib o‘tamiz, yakunlangan 2024-yil davomida Levan Arveladze 30 o‘yinda qatnashib, 3 gol muallifi bo‘ldi va O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi.
"Lokomotiv" transferlar oynasida aktivlik namoyish qilmoqda. Klub oldinroq Rahimjon Davronov, Akaki Shulaya kabi futbolchilarni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi
Fikrlar