Rasman! Akmal Shorahmedov "Neftchi" a’zosiga aylandi

  • 31 yanvar, 2021, 14:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi futbol mavsumiga tayyorgarlik olib borayotgan va bugungi kunda an’anaviy “Hokim Kubogi-2021” musobaqasida Ilhom Mo‘minjonov bosh murabbiyligida ijobiy o‘yinlar namoyish etayotgan “Neftchi” klubi o‘z tarkibini yangi ijrochilar bilan to‘ldirishda davom etmoqda.

Tecno

Bugun kunning birinchi yarmida, qator nomdor jamoalarda, xususan,  AGMK, “Paxtakor”, “Nasaf”, “Bunyodkor”, “Andijon”, “So‘g‘diyona”, “Navbahor” kabi klublarda va O‘zbekiston milliy terma jamoasida yorqin faoliyat ko‘rsatgan tajribali Akmal Shorahmedov “Neftchi” PFK bilan rasmiy shartnoma imzoladi.

Akmal Shorahmedovga jamoa oldiga qo‘yilgan yuqori maqsadlarni ro‘yobga chiqarishda va klub sharafini munosib himoya qilishdagi faoliyatida omad tilab qolamiz, - deyiladi klub matbuot xizmatining xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!