
Rasman! Akmal Shorahmedov "Andijon" klubida ish boshladi
“Andijon” jamoasiing murabbiylar shtabiga yangi mutaxassis qo‘shildi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Akmal Shorahmedov endilikda jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida ish boshladi. Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishishgach, shartnoma imzolandi.
1986 yilning 10 may kuni tavallud topgan Shorahmedov 2009 va 2010 yilgi mavsumlarda futbolchi sifatida “Andijon” klubi sharafini munosib himoya qilgan.
Akmal murabbiylik faoliyatini 2022 yildan boshlagan. Dastlab “Lokomotiv” klubida yordamchi murabbiy, so‘ngra o‘sha yilning 1 iyulidan 2024 yilning 1 yanvariga qadar “Paxtakor” U21 jamoasida ish olib bordi. Shundan so‘ng yana “Loko”ga qaytdi va bungacha murabbiy “Lokomotiv” klubida faoliyat ko‘rsatib kelgan.
Fikrlar