Rashidov gol hamda assist muallifiga aylangan uchrashuvda jamoasi g‘alaba qozondi

  • 25 sentabr, 2022, 23:57
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatar Kubogi doirasida "Umm-Salal" klubi "Qatar SK" maydoniga safar qildi. Mazkur bellashuvda mehmonlar 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi. 

"Umm-Salal" safida to‘p surayotgan legionerimiz Sardor Rashidov mazkur bellashuvda o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta assist yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. 

Ushbu g‘alabadan so‘ng Rashidov jamoasi ochkolari sonini 6 taga etkazib olgan holda, o‘z guruhida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 

photo_2022-09-25_23-55-20

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shoh.Man.United
26/09/2022 09:04
Техникаси борку лекин стабиль ўйнолмайдида