Raqib Kevin de Bryuyneni olib ketmoqchi

  • 9 may, 18:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsumda ham chempionlikka yaqin kelib, bosh sovringa ega chiqolmagan “Arsenal” yozgi transferlar davrida tarkibini kuchaytirishga harakat qiladi.

Tecno

Just Arsenal nashrining ma’lum qilishicha, “kanonirlar” maydon markazida ijodkor o‘yinchi bo‘lishini istayapti. London klubi “Manchester Siti”dan ketishi aytilgan Kevin de Bryuynega ko‘z tikmoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, “Arsenal” 33 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashdan avval, Kevinning jismoniy holatini alohida o‘rganib chiqashni istayapti.

Kevin mavsumning hal qiluvchi pallasida yuqori saviyaga ko‘tarildi. Ayniqsa, uning samarali harakatlari oxirgi o‘yinlarda “shaharliklar” g‘aznasiga bir necha muhim ochkolarni keltirdi.

Bu mavsum belgiyalik pleymeyker jami 36 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini olti martaba ishg‘ol qilgan va sakkiz marta golli pas uzatgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!