Raqib bosh murabbiyi ertangi o‘yin oldidan nimalar dedi?

  • 24 mart, 2022, 13:57
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navruz Cup" xalqaro turniri oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Qirg‘iz Respublikasi bosh murabbiyi ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Taklif uchun O‘zbekiston FAga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu barcha jamoalar uchun iyun oyidagi Osiyo Kubogi saralash bosqichi oldidan tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi hisoblanadi. 

To‘g‘ri, O‘zbekiston hali qirg‘izistonlik raqiblariga mag‘lub bo‘lmagan. Ammo u tarix edi. Bu noxush an’anaga barham berishga harakat qilamiz. Bunga shubha yo‘q.

Terma jamoamiz potentsiali etarlicha baland. Hozir bizda avlodlar almashinuvi davri ketmoqda, yangi futbolchilar tarkibimizda juda ko‘p. Jamoani yangidan qurmoqdamiz. Men qo‘l ostimdagi yosh futbolchilarga ishonaman.

Ertaga O‘zbekiston uchun legionerlar emas, shu mamlakat fuqarolari maydonga tushadi. Ular shunchaki ichki emas, boshqa chempionat klublarida harakat qiladi, xolos. Legioner deb boshqa davlatdan mahalliylashtirilgan futbolchilarga aytiladi. 

Biz O‘zbekiston MTJga qarshi o‘yin uchun tayyorgarlik ko‘rganmiz. Tarkibingizdagi xorijda to‘p tepayotgan futbolchilar har yig‘inga chaqiriladi, doim maydonga tushadi. Biz ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rganib chiqqanmiz. 

Namanganda futbolni juda yaxshi ko‘rishlarini bilaman. Ertaga ham muxlislarga to‘lib-toshgan stadionda o‘yin o‘tkazsak kerak. Tabiiyki, bu O‘zbekiston uchun katta yordam bo‘ladi. Bu sharoitda istalgan jamoa sifatli futbol ko‘rsata oladi.

Koronavirus va boshqa sabablar tufayli tarkibimizda ayrim yo‘qotishlar mavjud. Biroq bu milliy terma jamoa. Biz doim eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!