Rangnik “Manchester Yunayted”ni Tuxelga topshiradi

  • 12 mart, 2022, 19:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” atrofida yuzaga kelgan vaziyat “Manchester Yunayted” foydasiga ishlashi mumkinligi aytilmoqda.

Tecno

Daily Mail nashrining xabar berishicha, manchesterliklar “aristokratlar” bosh murabbiyi Tomas Tuxelni o‘zlariga og‘dirib olishni rejalashtirmoqda.

“Manchester Yunayted”ni mavsum oxirigacha boshqarishi belgilangan Ralf Rangnik ham boshqaruvni o‘z hamyurtiga topshirish variantini ma’qullagani xabar qilindi. Ma’lumotlarga qaraganda, “Chelsi”dagi vaziyat barqarorlashmasa va klub xo‘jayini Roman Abramovichga qo‘llanilayotgan sanktsiyalar yumshatilmasa, Tomas Tuxel ham ish joyini o‘zgartirishga qarshi bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Tomas Tuxel qo‘l ostida “Chelsi” Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!