Ramzdeyl "Arsenal"ni tark etadi
"Arsenal" Eron Ramzdeylning mavsum oxirida London klubini tark etishiga ruxsat beradi.
David Rayya ayni damda "kanonirlar"ning asosiy darvozaboniga aylanib ulgurdi. Shu sababli, Ramzdeyl zaxira o‘rindig‘iga "mixlanib" qoldi.
"Arsenal" mavsum oxirida angliyalik posbonni sotuvga qo‘yishi kutilyapti. Angliyalik posbon joriy mavsum jami 8 ta bellashuvda maydonga tushgan va 8 ta gol o‘tkazib yuborgan.



Fikrlar