Ramazon Temirovdan engilgan jangchi yana yutqazdi yoxud "UFC on ESPN 54" natijalari bilan tanishing

  • 30 mart, 10:29
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Meksika mezbonlik qilgan "UFC on ESPN 54" turniri yakunlandi. Uning asosiy to‘qnashuvida Brendon Moreno va Stiv Ertseg o‘zaro jang qildi. Quyida natijalar bilan to‘liq tanishishingiz mumkin.


Asosiy kard:

Brendon Moreno hakamlarning yakdil qarori bilan Stiv Ertseg ustidan g‘alaba qozondi (49-46, 49-46, 49-46);

Manuel Torres 1-raunddayoq texnik nokaut evaziga Dryu Doberni engdi;

Edgar Chayrez 1-raundda sabmishn orqali Si Jey Vergarani mag‘lub etdi; 
 
Raul Rosas ochkolar bo‘yicha Vinsa Moralesdan ustun keldi (29-28, 29-28, 29-28);
 
Devid Martinez dastlabki raundda Saymon Oliveyra texnik nokaut qildi;
 
Kevin Bordxas hakamlarning yakdil qarori bilan Ronaldo Rodrigezni mag‘lubiyatga uchratdi (28-29, 27-30, 27-30);

 

Prelim:
 
Ateba Gaute 1-raundda Xose Medinani nokaut qildi;
 
Melkizael Kosta ochkolar bo‘yicha Kristian Rodrigez ustidan zafar quchdi (28-29, 28-29, 28-29);
 
Lupita Godinez hakamlar qarori bilan Juliya Polastrini engdi (29-28, 29-28, 29-28);
 
Rafa Garsiya ochkolar evaziga Vins Pichelni mag‘lub etdi (30-27, 30-27, 29-28);
 
Jamal Emmers 1-raundda Gabriel Mirandani texnik nokautga uchratdi;
 
Markuel Mederos hakamlarning bo‘linish qarori bilan Ostin Xabbarddan ustun keldi (28-29, 29-28, 29-28).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!