
Rakitich: "Meni qadrlashadigan klubda o‘ynashni istayman"
"Men doim aytganman, bu futbolkani yana bir bor kiyish sharaf bo‘lardi. Ammo barchasi faqat menga bog‘liq emas. Boshqa faktorlar ham o‘rtada bor.
Monki va klubdagi boshqalarda hamon mening telefon raqamim mavjud. Ular menga hali qo‘ng‘iroq qilishganicha yo‘q. Yaqindagina tug‘ilgan kunim bo‘lib o‘tdi. Klubdan hech kim men bilan bog‘lanmadi. Mening Sevilya bilan yaxshi munosabatlarim bor. Mening oilam shu shaharda istiqomat qiladi. Kelajagimni o‘zim hal qilaman. Meni qadrlashadigan klubda o‘ynashni istayman.
Eslatib o‘taamiz, Rakitich 2011 yil "Shalke"dan 2,5 mln evro evaziga "Sevilya"ga ko‘chib o‘tgan, 2014 yil iyunida esa 18 mln evro bilan "Barselona" futbolchisiga aylangan.
Fikrlar