Rakitich Madrid klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 30 oktabr, 2019, 15:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich faoliyatini “Atletiko”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “matraschilar” asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan 31 yoshli xorvatiyalik futbolchining atrofidagi vaziyatni kuzatishmoqda. “Atletiko” vakillari xatto bundan bir necha hafta oldin Rakitichning yaqinlari bilan ham uchrashishgan. O‘z navbatida Rakitichga Madridda yashash taklifi ham ma’qul kelmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Rakitich uchun “Atletiko”dan tashqari shuningdek “Inter”, “Milan” va PSJ klublari ham kurash olib borishmoqda.

Ma’lumot uchun, Rakitich joriy mavsum La Ligada 7 ta o‘yinda ishtirok etdi va jami 26 daqiqa maydonda harakat qilib, 1 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!