Rakitich haqidagi xabarlar yolg‘on bo‘lib chiqdi

  • 22 aprel, 2020, 19:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Sevilya” klubi sport direktori Ramon Monchi “Barselona” xavbeki Ivan Rakitichning yozda andalusiyaliklar safiga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi.

Tecno

“Hozircha futbolning taqdiri noma’lum va biz ham qancha foyda ko‘rishimizni bilmay turib xarajat qila olmaymiz. “Sevilya” hozircha hech qanday transfer amalga oshirishni rejalashtirmayapti.

“Barselona” bilan ham Raktich masalasida hech qanday muzokaralar o‘tkazilmayapti. Men Ivanning “Sevilya”ga qaytish istagida ekanligi haqida bildirgan fikrlarini o‘qib qoldim va bu so‘zlar uchun undan minnatdorman”, - deydi Monchi.

Rakitich 2011-2014 yillarda “Sevilya” sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng u “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!