
Rahmonov va Maxachev yarim o‘rta vaznda jang qiladimi?
Yarim o‘rta vazn toifasidagi qozog‘istonlik jangchi Shavkat Rahmonov engil vazn toifasida (70 kg) amaldagi UFC chempioni rossiyalik Islom Maxachev bilan 77 kg da jang o‘tkazishmoqchiligini aytdi.
“Islom Maxachev yarim o‘rta vazn toifasiga o‘tishni rejalashtiryaptimi, yo‘kmi, bilmayman. U keyingi jangida chempionlik unvonini himoya qilishi kerak. Agar Islom g‘alaba qozonsa, men u bilan kurashishga qarshi emasman”, – dedi Shavkat You Tube dagi Submission Radio kanaliga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Shavkat Rahmonov hisobida 18 ta g‘alaba mavjud bo‘lib, ularning barchasi muddatidan avval qo‘lga kiritilgan.
Fikrlar