Rahbariyat Yamal tufayli “Barsa” va Ispaniya terma o‘rtasida chiqqan ziddiyatga munosabat bildirdi

  • 5 oktabr, 15:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi (RFEF) rahbari Rafael Lusan Lamin Yamal tufayli “Barselona” va Ispaniya terma jamoasi o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatga munosabat bildirdi.

Tecno

Gap shundaki, “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik sentyabr oyidagi yig‘inlardan keyin Ispaniya terma jamoasi murabbiylar shtabi futbolchilarning salomatligini xavf ostida qoldirayotganini ta’kidlagan edi. Germaniyalik mutaxassisga Lamin Yamal o‘zini noqulay sezayotganiga qaramay, xalqaro uchrashuvlarga jalb etilayotgani yoqmayapti.

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Lamin Yamalni oktyabr oyidagi yig‘in va uchrashuvlarga jalb qiladigan bo‘ldi. Futbolchi salomatligidagi muammolar tufayli uni bu gal terma jamoaga chaqirmaslikni so‘ragan.

- “Barselona” buyuk klub va biz harakatlarimizni ular bilan muvofiqlashtiramiz. Biz atrofda yuzaga kelayotgan mish-mishlar va tortishuvlarga e’tibor qaratmasligimiz kerak, aksincha, vaztyatga to‘g‘ri baho berish muhim.

Agar tibbiy xulosalar muammo borligini aniq ko‘rsatsa, buni inobatga olish lozim. Eng muhimi, Ispaniya erkaklar va ayollar terma jamoalari jahon reytingida birinchi o‘rinda turganidir. Menga tinchlik va xotirjam muhit yoqadi, - dedi Rafael Lusan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!