Rafinya otasi o‘ynagan klubda o‘ynashi mumkin

  • 28 iyul, 2019, 09:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” klubi yarim himoyachisi Rafinya Alkantara faoliyatini “Fiorentina”da davom ettirishi mumkin.

Tecno

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “binafsharanglilar” ushbu braziliyalik futbolchining transferi masalasida kataloniyaliklarga taklif yuborishgan. Ta’kidlash kerakki, Rafinya uchun kurashda “Valensiya” favorit edi va “Barselona” rahbariyati ham uning aynan “ko‘rshapalaklar” safiga o‘tishini taxmin qilishayotgandi. Biroq, “Fiorentina”ning nisbatan yaxshiroq moliyaviy taklifi “ko‘k-anor ranglilar”ning bu boradagi fikrini o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Rafinyaning otasi Mazino 1991-1992 yillarda “Fiorentina” sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!