
Rafinya: "Flik Fatiga ishonadi"
Braziliyalik hujumchi Rafinya jamoadoshi Ansu Fati kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani haqida fikr bildirdi.
— Ansu hozir maydonda etarlicha daqiqa o‘tkazmayapti. Lekin Flik har doim uning holidan xabar olishga harakat qiladi. Ba’zida Flik menga qo‘ng‘iroq qilib: "Ansu bilan gaplash, u menga kerak emas deb o‘ylamasin, aslida unday emas", deydi. Flik shunchaki jamoa hozir yaxshi formada deb hisoblaydi, Ansuning jismoniy holati esa biroz past, ammo murabbiy unga ishonadi, — deya Rafinyaning so‘zlarini keltirdi Barca Universal.
Joriy mavsumda 22 yoshli Fati barcha musobaqalarda 11 ta o‘yinda maydonga tushdi, biroq gol yoki assist amalga oshira olmadi.
Fikrlar