
Rafael Nadal terma jamoasiga bosh sovrinni keltirdi
Madrid shahrida tennis bo‘yicha norasmiy jahon chempionati deya e’tirof etilgan "Devis kubogi"ning joriy yilgi bahslari yakunlandi.
Musobaqa finalida Ispaniya va Kanada terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Mazkur o‘yining ikkinchi uchrashuvida Rafael Nadal yosh raqibi Denis Shapovalovni 6:3, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, terma jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa, Ispaniya terma jamoasi "Devis kubogi"ning bosh sovriniga o‘z tarixida oltinchi bora ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Rafael Nadal 2004 yildan buyon terma jamoa tarkibida birorta uchrashuvda mag‘lub bo‘lmay kelmoqda. Uning g‘alabasi seriyasi 30taga etdi
Fikrlar