
Rafael Nadal kurashni davom ettiradi
Dunyoning birinchi raqamli tennischisi Rafael Nadal London shahrida davom etayotgan ATP yakuniy turniridagi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazdi.
Rafa guruh bahslarining ikkinchi turida rossiyalik Daniil Medvedevga qarshi kortga chiqdi va 6:7, 6:3, 7:6 hisobida ustun keldi.
Shu tariqa, R.Nadal ikkita uchrashuvning bittasini o‘z foydasiga hal qilgan bo‘lsa, Daniil esa ikki mag‘lubiyat bilan guruhda so‘nggi pog‘onani egalladi.
Fikrlar