Rafael Koutino olamdan o‘tdi

  • 5 oktabr, 2020, 11:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Vasko da Gama”ning sobiq yarim himoyachisi Rafael Koutino 36 yoshida vafot etdi. Bu noxush voqea Buzios shahrida sodir bo‘ldi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Koutino rafiqasi bilan restoranda o‘tirganida o‘zini yomon his qildi va kasalxonaga joylashtirildi. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, Koutinoning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi. O‘limiga yurak xuruji sabab bo‘ldi.

Koutino 2003-2007 yillarda “Vasko da Gama”da o‘ynagan.Keyin ijara asosida Portugaliyaning “Eshtrela” jamoasiga o‘tdi. Faoliyati davomida “Tombense”, “Botafogo”, “Krisiuma”, “Fortaleza”, “Figeyrense”, “Guarani”, “Amerika” va “Portugeza” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.

Favot etgan futbolchining "Barselona" a’zosi Filippe Koutinoga qarindoshlik aloqasi yo‘qligi aytilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!