Rafael Benites “Chelsi” futbolchisiga xaridor

  • 25 avgust, 2021, 15:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Everton” bosh murabbiyi Rafael Benites klub mutasaddilarini “Chelsi” himoyachisi Malanga Sarrga e’tibor qaratishga chaqirdi.

Tecno

Iste’dodli himoyachi hali Tomas Tuxel ishonchini to‘liq oqlagani yo‘q va tajribasini oshirish, o‘yin amaliyatiga ega bo‘lish uchun ijaraga beriladigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgan. Sarrning agentlari ayni paytda futbolchiga yangi ish joyi qidirmoqda.

“Chelsi” vakillari ham Sarrni premer-liga o‘yinlarida “pishishini” istayapti va “Everton” himoyachi uchun zo‘r variant hisoblanadi.

Benites Sarrga qiziqayotganiga qaramay, unga asosiy tarkibdan joy kafolatlamayapti. “Aristokratlar” aynan mana shu vaziyatdan xavotirdi. Sarr “Everton”ga o‘tib, zaxirada o‘tirganidan londonliklarga foyda yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!