
Rafa Benitesni yana APLda ko‘rishimiz mumkin
Kecha Angliyaning "Lester" klubi bosh murabbiy Brendan Rojersni ishdan bo‘shatdi. Hozirda jamoa yangi bosh murabbiy variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, "tulkilar" oldida asosiy nomzod Rafael Benites bo‘lib turibdi. U oldin ham APLning "Liverpul", "Nyukasl" kabi klublarini boshqargan. Shuningdek, Rafa o‘z vaqtida Madridning "Real" jamoasida ham faoliyat olib borgan.
Ma’lumot o‘rnida, ayni payt "Lester" APL turnir jadvalida 25 ochko bilan 19-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar