
Rabo Manchesterga yo‘l olishi mumkin
"Yuventus"ni mavsum so‘nggida tarki etishi kutilayotgan Adrien Raboga "Manchester Yunayted" qiziqmoqda. Bu haqda "L'Equipe" nashri xabar tarqatdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Ten Xag yarim himoyachi bilan suhbatlashib, uni ko‘ndirishga harakat qilmoqda. Sababi, MYu yozgi transfer oynasida qiladigan ishlari juda ko‘p.
Rabo mavsum boshida ham "qizil iblislar" safiga ko‘chib o‘tishga juda yaqin kelgandi. Hatto "Yuventus ushbu transferga rozi bo‘lgandi. Ammo frantsuz maoshi borasida jamoa bilan kelishuvga erisha olmagan va "Manchester Yunayted"ga o‘tmagandi.
Fikrlar