
Qudratillo Abduqahhorov prof boksdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi
Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida (66,6 kg) faoliyatini davom ettirayotgan bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov (18-0, 10 KO) navbatdagi janggini o‘tkazdi.
Hozirgina Kaliforniya shtatida joylashgan "Dignity Health Park" arenasida yakuniga etgan jangda kanadalik Kodi Krouliga (19-0, 9KO) qarshi ringga ko‘tarildi.
To‘liq 10 raund davom etgan jangda, afsuski, hamyurtimiz ochkolar evaziga mag‘lub bo‘ldi. Abduqahhorov ikkinchi raundda Kodini nokdaun qilishiga qaramay, tajribali raqibi keyinchalik qayta oldi.
Hakamlar 95-94, 97-92, 98-91 hisoblarida Kodi Krouli g‘alabasini qayd etdi.
Fikrlar