Qudratillo Abduqahhorov: "Menda xech qanday muammo yo‘q"

  • 28 iyun, 2024, 09:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabar berib o‘tganimizdek, Qudratillo Abduqahhorov 29 iyun kuni IBA chempionlar oqshomida Pavel Sosulinga qarshi ringga ko‘tariladi. Ma’lumki, yurtdoshimiz 31 may kuni ham AQShda jang qilgandi. Bir oyda ikki marta jiddiy jangda ishtirok etayotgan yurtdoshimizga ba’zi savollar bilan murojaat qildik. 

- Qudratillo bir oy ichida ikki katta jang, boz ustiga 1-jang juda shiddatli va to‘liq davom etgandi. Bu tavakkalchilik emasmi?
- Bunday o‘ylamayman. O‘zi katta janglarni sog‘ingandik. Jismoniy holatim juda yaxshi. Kecha keldik va joylashib oldik. Umuman olganda men jangga tayyorman.
- Vazn borasida muammolar bo‘lmaydimi?
- Yo‘q. AQShda 69 kgda jang qilgandim. bu erda 71 kgda ringga ko‘tarilaman. Bu borada ham mutlaqo muammo yo‘q. 
-Raqib haqida qanchalik ma’lumotga egasiz?
- Faoliyatim mobaynidja juda kuchli raqiblarga duch kelganman. Sosulin mag‘lubiyatsiz kelayotgan bokschi va katta iste’dod egasi, o‘ylaymanki juda qiziqarli jang bo‘ladi. 
- Albtata, sizga ushbu jangda omad tilaymiz!
- Rahmat!

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!