Qudratillo Abduqahhorov ishtirokidagi jang yakunlandi

  • 1 iyun, 2024, 10:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida faoliyat olib boryayotgan hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov AQShning Texas shtatida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Tecno

Bokschimiz Gran-pri ko‘rinishidagi OTX 7 turnirining chorak finalida gretsiyalik Andreas Kadzurakisga qarshi ringga ko‘tarildi.

10 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va afsuski, Qudratillo ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchradi.

Jang davomida Qudratillo ustunlikka erishgandi, ammo g‘alaba gretsiyalik bokschiga nasib qildi.

Shu tariqa, Andreas o‘z yurishini yarim finalda ham davom ettiradigan bo‘ldi.

Ushbu mag‘lubiyat hamyurtimiz faoliyatidagi uchinchisi, Kadzurakis esa, ketma-ket 13 jangida g‘alabaga erishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!