
Qudratillo Abduqahhorov ertaga ringga ko‘tariladi!
Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov (20-2, 12KO) ertaga OTX 7 turniri doirasida gretsiyalik Andreas Kadzurakis (12-0, 10KO)ga ringga chiqadi.
Turnir AQShning Xyuston shtatida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 05:00 da start oladi.
Ma’lumot o‘rnida, Qudratillo oxirgi jangini o‘tgan yilning noyabr oyida "Humo" arenadagi turnirda o‘tkazgan va unda Maono Ollini nokautga uchratgan.
Fikrlar