QPL. "Ordabasi" o‘z uyida mag‘lub bo‘ldi. Yaxshiboev va Umarov esa...

  • 22 sentabr, 2024, 22:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Biroz avval, Qozog‘iston Premer-ligasining markaziy bellashuvi o‘z yakuniga etdi. Hamyurtlarimiz Jasurbek Yaxshiboev va Shaxboz Umarov to‘p tepadigan "Ordabasi"  jamoasi o‘z uyida "Astana"ga mag‘lub bo‘ldi. 2:4 hisobi bilan yakunlangan bellashuvda har ikkala futbolchimiz ham jamoa safida faol harakatlandi. E’tiborga molik jixati, chimkentliklarning 10 raqamli forvardi ya’ni yurtdoshimiz Jasur Yaxshiboev bahsda dubl qayd etdi. Ammo bu o‘z klubining haqalli durangga erishishiga etarli bo‘lmadi.

Yaxshiboev o‘yinda to‘liq 90 daqiqa harakatlangan bo‘lsa, Umarov bahsning 60-daqiqasida almashtirildi. Garchi mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay Chimkent shahri jamoasi 33 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi. Ularning eng yaqin ta’qibchisi 30 ochko bilan aynan "Astana" bo‘lib turibdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!