
Qozog‘istonda gol urgan hujumchini “Manchester Yunayted” oladi
2024 yilgi Evropa chempionati saralash turnirining dastlabki ikki turi yangi yulduzni kashf qilib berdi.
Daniya terma jamoasi hujumchisi Rasmus Xyoylunn birinchi uchrashuvda Finlyandiya darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilib, xet-trik qayd etgan edi. Iste’dodli futbolchi to‘purarlik mahoratini kuni kecha Qozog‘iston milliy terma jamoasi maydondagi bahsda yana bir bor namoyish qilib, bu gal dubl qayd etdi.
Bu natijalar Rasmus Xyoylunnga grand klublarning e’tiborini qaratdi. “Inter” ortidan “Manchester Yunayted” 20 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga kirishdi.
Rasmus “Kopengagen” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘z yurtidan tashqari, Avstriyaning “Shturm” jamoasida ham to‘p tepgan.
Xyolunn o‘tgan yili yozda “Atalanta” safiga ko‘chib o‘tdi va kuchli beshlik chempionatlaridagi ilk mavsumida hozirgacha ettita to‘p kiritishga ulgurdi.
Fikrlar