Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha "Elorda kubogi"da qanday natijalar qayd etilmoqda?

  • 1 iyul, 2022, 11:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabar berib o‘tganimizdek, Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida boks bo‘yicha "A" klassdagi "Elorda kubogi" bellashuvi davom etmoqda. Ortda qolgan ikki kun davomida bir qancha hamyurtlarimiz o‘z janglarini o‘tkazib ulgurdi. 29 iyun kuni ringga ko‘tarilgan bokschilarimiz Shahzod Muzaffarov, Mujibillo Tursunov, Saidjamshid Jafarov va Lazizbek Mullojonov g‘alaba qozongandi. Abdulaziz Abdupattaev esa imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 30 iyun kuni ikki nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi. Dilshod Abdumurodov tojikistonlik, Dilshod Ro‘zmetov esa xitoylik raqibidan ustun keldi. Ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda Farzona Fozilova, Marjona Savrieva, Navbahor Hamidova va Sohiba Ro‘zmetova kechagi bahslarda g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi. Mohinabonu Abdullaeva va Hadichabonu Abdullaeva afsuski imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!