Qozog‘iston chempionatida qirg‘iz klubi ham ishtirok etishi mumkin

  • 13 aprel, 2020, 10:59
  • 1
  • Xokkey
CHERY AUTO

Xokkey bo‘yicha Qozog‘iston ochiq chempionatining navbatdagi ishtirokchisi Bishkek shahri sharafini himoya qiluvchi jamoa bo‘lishi mumkin. Sports.kz tarqatgan xabarga ko‘ra, mart oyida Qirg‘iziston vakillari ilgari qozoq klubida ishlagan mutaxassislardan biri bilan muzokara o‘tkazishgan.

Tecno

Tomonlar Qozog‘iston ochiq chempionatida ishtirok etuvchi, Qirg‘izistondagi birinchi professional xokkey klubini tashkil qilish masalasini muhokama qilishgan, ammo kkoronavirus pandemiyasi bois mazkur jarayon hozircha to‘xtab qolgan.

Qayd etish joiz, 2009 yilda tug‘ilgan xokkeychilardan iborat Qozog‘iston o‘smirlar chempionatida Bishkekning "Alga" jamoasi ishtirok etib keladi. Qirg‘iziston Xalqaro muz ustida xokkey federatsiyasi (IIHF)ga 2011 yilda a’zo bo‘lgan. Milliy terma jamoa to‘rtinchi divizionda faoliyat olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Qozog‘iston ochiq chempionatida Toshkentning "Humo-2" jamoasi ham ishtirok etdi. Tez orada esa ushbu ligada BAAning "Al Ayn" klubi ham paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Нодирбек жовлиев
13/04/2020 12:43
Ha man fudbolmi dipman