
Qozog‘iston chempionati. "Humo" yirik hisobdagi g‘alabani tantana qildi
Qozog‘iston chempionati navbatdagi turidan o‘rin olgan uchrashuvni "Humo" xokkey klubi mehmonda o‘tkazdi.
"Qanotlilar"ga bu safar "Aktobe" jamoasi raqiblik qildi. Bellashuv vakillarimizning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi.
Toshkentliklar tarkibida Kirillov, Kravchenko, Rextin va Juravlyov tomonidan kiritilgan shaybalarga qozog‘istonliklar safida Akishin bir marotaba javob qaytardi.
Fikrlar