"Qo‘rquv bor edi, lekin..." - "Qo‘qon-1912"ni Superligaga qaytargan Bahrom Haydarov yana nimalarni aytdi?

  • 5 dekabr, 2024, 12:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Nihoyat, “Qo‘qo-1912” klubi pley-offdagi urinishidan keyin Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. “Metallurg”ga qarshi uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida omad qo‘qonliklarg kulib boqdi. O‘yindan keyin jamoa bosh murabbiyi Bahrom Haydarov savollarga javob qaytardi.

- Birinchi navbatda rahbariyatni, ishqibozlarni, qo‘l ostimizda ishlab, mehnat qilgan hammani g‘alaba bilan tabriklayman. Bu bir kishini mehnati emas. Rahbariyatdan tortib, oshpazimizgacha barchani qilgan mehnatlarini alohida e’tirof etaman. Ko‘pchilik “Qo‘qon-1912” jamoasini Superligaga chiqishini xohlagandi. Barchamiz birgalikda ushbu vazifani uddalaganimizdan xursandman. O‘yinga kelsak, teng uchrashuv bo‘ldi. Qaysi biri Superliga va qaysi biri pro liga klubi, sezilmadi, deb o‘ylayman. Ikkala jamoa ham jon-jahdi bilan o‘ynadi. To‘g‘ri, raqib sifatliroq jamoa. Ammo biz ko‘proq xohladik shekilli, Xudo bizga berdi. Yutqazayotganimizda ham futbolchilar tushkunlikka tushishmadi. Yigitlarimizni haqiqiy mehnati bo‘ldi. Maydonda to‘p surganlar jon-jahdi bilan g‘alaba uchun kurashishdi.

- Ikkala pley-offda ham pro liga klublari g‘alaba qozondi. Bu degani pro ligani darajasi ancha o‘sdimi yoki Superliganiki tushib ketganmi?

- Bu yilgi formatda pro ligada kuchli bo‘ldi, deb o‘ylayman. O‘tkinchi uchrashuvlar bo‘lmadi. Har bir bellashuv, oxirgi o‘rindagi bilan peshqadam o‘ynamasin, barcha bahs juda qiyin kechdi. Bu esa har bir jamoani tonusda ushlab turdi. “Sho‘rtan”ni ham Superligaga chiqqani bilan tabriklayman. Pley-offni birinchi o‘yinini birinchi taymini ko‘rgandik. Unchalik katta  farq ko‘rinmadi. Menimcha, “Sho‘rtan” ikkinchi bo‘limda “Olimpik”ga nisbatan yaxshiroq o‘ynadi, shekilli. Bizni ham farqimiz bilinmadi. Pro liganing saviyasi oshgan, deb o‘ylayman.

- Jamoa 120 daqiqa o‘ynadi. Go‘yoki charchamagandek. Bu nima bilan bog‘liq?

- Har bir futbolchini o‘z ustida ishlashi, biz murabbiylar hammasini o‘rganib chiqib, ularni jismoniy holatini maksimal darajada ushlab turishga harakat qildik. Bugungi uchrashuv ko‘rsatdiki, biz uddalay oldik. Albatta, 120 daqiqa etadimi-yo‘qmi, degan qo‘rquv bor edi. Lekin barcha yigitlarga rahmat, chidashdi. Demak, to‘g‘ri yo‘ldamiz.

- Penaltilar seriyasida jamoa dastlabki ikkitasidan foydalana olmadi. O‘sha paytlarda nimalarni o‘yladingiz?

- Har bir murabbiy o‘z jamoasiga ishonishi kerak. Ortda borayotganimizda ham yana imkoniyat borligi, raqib ham gol ura olmasligi mumkin, degan narsa xayolim o‘tdi. Baribir uddalashimiz mumkin, deya o‘ylab turgandim. Xudoga shukr, darvozabonimizga katta rahmat. Foyda keltirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!