
Qo‘rqib ketgan Son birdaniga uchta gol urdi
“Tottenxem” bosh murabbiyi Antonio Konte o‘zi boshqarayotgan jamoada hech bir futbolchining o‘rni kafolatlanmaganini bildirgan edi.
Xususan, italiyalik mutaxassis o‘tgan mavsumda 23 ta gol bilan Angliya chempionati to‘purari bo‘lgan Son Xyon Minning quruq seriyasidan xavotir olayotgandi.
- Menda almashtirib bo‘lmaydigan o‘yinchilar yo‘q. Buni yaxshilab uqib olish kerak.
Son o‘zini baxtiyor his qilyapti, deyolmayman. Chunki u gol urolmayapti. Endi ayrim uchrashuvlarda Son ham xuddi Harri Keyn singari boshlang‘ich tarkibda tushmaydi. Ular ham bizga g‘alabalar taqdim etish uchun etarli darajada hordiq chiqarib, kuchini tiklab olishi kerak, - dedi Antonio Konte.
Bu chiqish tezda o‘z samarasini berdi. 30 yoshli koreyalik hujumchi “Lester”ga qarshi uchrashuvda 59-daqiqada maydonga tushib, uchta to‘p kiritdi va sakkizta bahsdan beri davom etib kelayotgan quruq seriyasiga barham berdi.
Fikrlar