
"Qora qit’a" klubi Dani Alvesni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Braziliyalik mashhur futbolchi Dani Alves faoliyatini Afrika qit’asida davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga qaraganda, Misrning "Farko" klubi 38 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi.
Alves 2019 yildan buyon vatanida karerasini davom ettirmoqda. Uning mahalliy "San-Paulu" klubi bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi.
Dani Alves "Sevilya", "Barselona", "Yuventus" va PSJ klublarida o‘ynagan. Braziliya terma jamoasida 118 o‘yinda ishtirok etgan va 8 ta gol urgan.
Fikrlar