
Qora an’ana yana davom etdi yoxud "Paxtakor" bu safar ham "Metallurg"ga imkon qoldirmadi (video)
Bugun Superligada 4-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Jumladan, “Paxtakor” o‘z maydonida “Metallurg”ni qabul qildi.
“Paxtakor” markaziy stadionida kechgan bellashuv 2:1 hisobida “sherlar”ning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni “Paxtakor” safida gollarni Eren Derdiyok (23') va Sharof Muhitdinov (36') kiritgan bo‘lsa, “Metallurg”ni yagona javob goliga Zohid Abdullaev (45+3') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar