
"Qo‘qon-1912"ning yangi mavsumga tayyorgarligini qachondan boshlashi ma’lum
“Qo‘qon-1912” jamoasi a’zolari 5 yanvar kunidan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.
Davron Fayziev boshchiligidagi jamoa a’zolari 5 yanvar kuni Qo‘qon shahrida to‘planishadi hamda dastlabki o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshlaydi.
O‘tgan yilning 31 dekabr kuni jamoaning ko‘plab futbolchilari bilan o‘rtadagi shartnomalar muddatlari yakuniga etgan va shu boisdan jamoaning ayrim etakchi futbolchilari boshqa jamoalarda faoliyatlarini davom ettirishga qaror qilishgan.
Murabbiylar shtabi dastlabki yig‘inni asosan jamoada qolgan futbolchilar hamda mahalliy yoshlar bilan boshlashadi. Mazkur yig‘in davomida hamda keyingi yig‘inlar mobaynida jamoa tarkibi asta-sekinlik bilan shakllantiriladi. Jamoadan ketgan futbolchilarning o‘rnilariga “Qo‘qon-1912” jamoasiga foydasi tegadigan hamda jamoa uchun jonini fido qilishga tayyor bo‘lgan futbolchilar bilan to‘ldiriladi.
"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.
Fikrlar