
"Qo‘qon-1912"ning rejasi qanday? Jamoa ko‘rigidagi yaponiyalik legionerning taqdiriga oydinlik kiritildi
Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi “Qo‘qon-1912” bugundan navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshladi. Jamoa a’zolari Toshkent shahrida yig‘ilib dastlabki mashg‘ulotlarni o‘tkazishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Tarkibga milliy va olimpiya terma jamoalari yig‘inidan qaytgan Murod Xolmuhammedov hamda Asadbek Sobirjonov qo‘shilishdi. Yana bir terma jamoaga chaqirilgan futbolchi Oybek Rustamov esa milliy terma yig‘ini vaqtida kichik jarohat olganligi bois mashg‘ulotlarda ishtirok etmayapti.
Jamoa murabbiylari ko‘rikda bo‘lib turgan yaponiyalik futbolchi Tatsuro Nagamatsu bu safargi yig‘inga taklif qilinmadi. “Shunqorlar”ning Toshkentdagi mashg‘ulotlari 27 fevralga qadar davom etadi. Yig‘in davomida Superliga jamoalaridan biri bilan nazorat uchrashuvi o‘tkazish rejaga kiritilgan.
Fikrlar