“Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘zaro o‘yinlarda “Buxoro” katta ustunlikka ega

  • 7 iyul, 2019, 14:50
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Liga Kubogi 3-tur doirasidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Buxoro” uchrashuvi bugun Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tecno

O‘zaro o‘yinlar

Ushbu jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 27 marta to‘qnash kelishgan. O‘zaro uchrashuvlarning 9 tasida qo‘qonliklar g‘alaba qozonishgan. “Buxoro” o‘yinlarning 15 tasida zafar quchgan, 3 ta bahsda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati – 53-37, “Buxoro” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda Buxoroliklar 48 ochkoni qo‘lga kiritishgan. “Qo‘qon-1912” ochkosi 30 tani tashkil etadi.

Qo‘qonda o‘tkazilgan so‘nggi beshta uchrashuv

14.04.2019. Qo‘qon - 1912 – Buxoro - 1:3

22.05.2018. Qo‘qon-1912 – Buxoro - 1:2

26.05.2017. Qo‘qon-1912 - Buxoro - 2:1

09.04.2016. Qo‘qon-1912 - Buxoro - 0:1

02.05.2015. Qo‘qon-1912 – Buxoro - 2:1

Bugungi o‘yinni kim boshqaradi?

Bugun Qo‘qonda bo‘lib o‘tadigan “Qo‘qon-1912” – “Buxoro” uchrashuvini A. Najafaliev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishadi.

Liga kubogi, 3-tur.

7 iyul, yakshanba

QO‘QON-1912 - BUXORO

Hakamlar: A. Najafaliev, T. Gaynullin, N. Afinogenov.

Nazoratchi: D. Roman.

Komissar: S. Qudratullaev.

Boshlanish vaqti

"Qo‘qon-1912" – “Buxoro” uchrashuvi, bugun Qo‘qon shahridagi “Markaziy” stadionida soat 18:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!