"Qo‘qon-1912"da to‘p surgan futbolchi erkin agentga aylandi
Bu yil pro ligada ishtirok etadigan “Qo‘qon-1912” tarkibida endi sezilarli o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiy hol. Ayniqsa, jamoa etakchilari birma-bir Superliga klublariga ko‘chib o‘tmoqdalar. Bundan tashqari, shartnomasi tugayotgan o‘yinchilar ham bor.
Jumladan, 29 yoshli yarim himoyachi Anvar Hojimirzaevning ham “Qo‘qon-1912” bilan tuzgan shartnomasi nihoyasiga etdi. Shu sababli bu futbolchi erkin agentga aylandi. O‘tgan yili Superligada 19 ta uchrashuvda maydonga tushib 2 ta gol urgan.



Fikrlar