"Qo‘qon-1912" yig‘inning so‘nggi bosqichiga kirishdi. Mashg‘ulotda esa Rustam Ashurmatov ham bor!

  • 22 fevral, 2022, 19:48
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qo‘qon-1912” jamoasi, bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov tasdiqlagan reja bo‘yicha yangi mavsumga tayyorgarlikni olib bormoqda.

Tecno

Rejaga ko‘ra jamoa a’zolari bugundan Qo‘qon shahrida yig‘ilib mavsumga tayyorgarlikning oxirgi qismini boshladilar. So‘nggi bosqichga kelib jamoa tarkibi to‘liq shakllangan va quvonarlisi deyarli barcha futbolchilar sog‘-salomat so‘nggi bosqich mashg‘ulotlariga etib kelishdi.

Klub matbuot xizmatining yozishicha, birgina hujumchi Hamidillo Abduhamidov jarohatini davolatish bilan band bo‘lib turibdi. 

Darvoqe, "Qo‘qon-1912" jamoasining bugungi mashg‘ulotida yaqinda "Navbahor" bilan shartnoma imzolagan Rustam Ashurmatov ham ishtirok etmoqda. Lekin bu vaqtinchalik. Boisi, namanganliklar Turkiya yig‘inidan endi qaytishdi. Rustam Ashurmatov esa qo‘qonliklar safida sport formasini tiklash uchun shug‘ullanib turibdi va tez orada "Navbahor"ga qo‘shiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!