
"Qo‘qon-1912" yangi futbolchi bilan shartnoma tuzdi
Yangi mavsumda Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni reja qilgan «Qo‘qon-1912» jamoasi navbatdagi futbolchi bilan kelishuvga erishdi.
"Qo‘qon-1912" klubi yosh va mahoratli futbolchi Javohir Husanov bilan uch yillik shartnoma tuzdi.
Husanov o‘tgan mavsum «Navbahor farm»da Pro liga bahslarida 15 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 2 ta gol mavjud.
Javohir Husanov
Tug‘ilgan sanasi: 10.12.2021
Ampulasi: Yarim himoyachi
"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.
Fikrlar