
"Qo‘qon-1912" yangi darvozabon bilan shartnoma imzoladi
“Qo‘qon-1912” yangi mavsum uchun tarkibini kuchaytirishda davom etadi. Bu safar kelajagi porloq darvozabon – Aziz Isakov bilan ikki yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.
Bu xususida klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Ta’kidlash joizki, Isakov Qo‘qon farzandi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, 2000 yilda tavallud topgan Aziz Isakov “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bungacha Isoqov “Paxtakor” va “Surxon” jamoalarining asosiy hamda U21 tarkiblarida harakat qilgan.
Fikrlar